CAEx Mebel & Decor 2027 — O‘zbekistonda mebel va interyer bezagi sohasiga bag‘ishlangan 5-xalqaro ko‘rgazma. Ko‘rgazma 2027-yil 20–22-may kunlari Toshkent shahridagi Markaziy Osiyoning yirik ko‘rgazma majmualaridan biri — Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx)da bo‘lib o‘tadi.
CAEx Mebel & Decor 2027 dizaynerlar, soha mutaxassislari va ishlab chiqaruvchilarni bir maydonda jamlab, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish hamda interyer dizaynining kelajagini belgilayotgan tendensiyalar bilan tanishish imkonini beradi.
Ko‘rgazmada hamyonbop mahsulotlardan tortib, yuqori toifadagi kolleksiyalargacha bo‘lgan keng tanlov taqdim etiladi. Ekspozitsiyadan ishlab chiqaruvchilarning o‘zidan xarid qilish mumkin bo‘lgan oshxona mebellari, yotoqxona, mehmonxona va bolalar xonasi uchun mebellar, zamonaviy divanlar, sifatli mebel furniturasi, pardozlash materiallari hamda xonadonlarga o‘ziga xos shinamlik bag‘ishlaydigan dekor buyumlari o‘rin oladi.

