CAEx Mebel & Decor jamoasi Farg‘ona vodiysidagi mebelsozlik sohasi vakillari bilan uchrashadi
4–5-noyabr kunlari CAEx Mebel & Decor jamoasi Farg‘ona vodiysiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatlari taqdim etiladi, hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi va mahalliy mebelsozlik sohasi vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatiladi.
4-noyabr kuni jamoa mahalliy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, CAEx Mebel & Decor 2027 ko‘rgazmasi haqida ma’lumot beradi hamda unda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
5-noyabr kuni Woodex kompaniyasining showroomida mebelsozlik sohasi vakillari uchun uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va bozorning boshqa ishtirokchilari ko‘rgazma jamoasi bilan bevosita tanishish, o‘z mahsulotlarini targ‘ib qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot olish, savollariga javob topish va hamkorlik variantlarini muhokama qilishlari mumkin.
Farg‘ona shahri va Farg‘ona vodiysidagi kompaniyalarni uchrashuvga taklif qilamiz!
📅 Sana: 2026-yil 5-noyabr
🕚 Vaqt: 11:00–14:00
📍 Manzil: Woodex kompaniyasining showroomi, Marg‘ilon shahri
Manzilni Yandex Maps orqali ko‘rish
Siz bilan uchrashishdan mamnun bo‘lamiz!
Batafsil ma’lumot uchun telefon: +998 88 800 01 05
